Parkent bozori atrofida yana bir Mercedes-Benz avtobusi yondi (foto, video)

  • 12-10-2018, 19:46
  • 633
  • Jamiyat
  • Parkent bozori atrofida yana bir Mercedes-Benz avtobusi yondi (foto, video)
    Bugun, 12 oktyabr kuni soat 14:50 atrofida Toshkent shahrining Parkent bozoriga yaqin hududda 95-yoʻnalishdagi avtobus yonib ketdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

    Nashr manbasining xabar berishicha, 8-avtobus saroyiga qarashli Mercedes-Benz markali 95-avtobus “Yunusobod-15 daha – Aviasozlar” yoʻnalishida harakatlangan.

    Yongʻin haqidagi xabar Yongʻin xavfsizligi boʻlimi navbatchilik qismiga soat 14:57 da kelib tushgan. 10 daqiqa oʻtgach yongʻin sodir boʻlgan manzilga ikki navbatchi guruh yetib kelgan va soat 15:11 da yongʻin oʻchirilgan.

    Avtobusning motor qismi yongani va buning natijasida hech kim jabrlanmagani bildirilmoqda.

    Mazkur voqea aks etgan videolavhani ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin.

    Hozirda yongʻin sabablarini oʻrganish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

    » » Parkent bozori atrofida yana bir Mercedes-Benz avtobusi yondi (foto, video)