21:50 / 12.10.2018
3 659

Sogʻlomlashtirish markazida nosogʻlom gaz ulanmasi aniqlandi

Sogʻlomlashtirish markazida nosogʻlom gaz ulanmasi aniqlandi
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlarning birida, Jizzax shahrida joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatga qarashli sogʻlomloshtirish markazida gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan bir dona soʻrgʻich moslamasini oʻrnatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Viloyat gaz taʼminoti korxonasining 2018 yil 27 sentyabr kungi qayta hisob-kitob maʼlumotnomasiga koʻra, sogʻlomlashtirish markazi tomonidan 31.566.883 soʻm zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan MCHJ rahbari oʻz aybini tan olgan va pushaymon ekanligini bildirgan.

Shundan soʻng, sogʻlomlashtirish markazi tomonidan yetkazilgan zarar hamda qayta ulanish uchun eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida toʻlov toʻliq toʻlab berildi.

MCHJ rahbari harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlsada, jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanganligi va jinoyat oqibatlarini bartaraf etganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatishlik rad etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sogʻlomlashtirish markazida nosogʻlom gaz ulanmasi aniqlandi