18:38 / 13.10.2018
2 701

Qozog‘istonlik jurnalistlar O‘zbekistonga xomashyo eksportidan tashvishga tushib qoldi (video)

Qozog‘istonlik jurnalistlar O‘zbekistonga xomashyo eksportidan tashvishga tushib qoldi (video)
Qozog‘iston O‘zbekistonga asosan tirik hayvonlarni eksport qilmoqda. Misol uchun, kuni kecha Qarag‘andadan novvoslar O‘zbekistonga ilk bor eksportga jo‘natildi. Bu haqda «Xabar» axborot agentligiga tayanib «Kun.uz» ma’lum qilmoqda.

Qozog‘iston kompaniyalari tirik qoramollarni jo‘natmoqda, O‘zbekiston go‘sht kombinatlari esa ish o‘rinlarini yaratish bilan bir qatorda, teri, suyak kabi mahsulotlarni qayta ishlash hisobidan qo‘shimcha daromad olyapti, deyiladi materialda.

«Ularda qayta ishlash katta kuch bilan ishlamoqda. Nima uchun o‘zimiz tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qila olmaymiz? O‘sha kolbasa mahsulotlari, chuchvaralar, kotletlar, konservalashtirib dimlangan go‘sht (tushenka) va hokazolarni?» - deya savol bilan chiqishgan Qozog‘iston agentligi jurnalistlari.

Bu savollarga javoban, KazakhExport bevosita sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash kompaniyasi direktori Ayan Bektibayeva hozirda tirik qoramolga ko‘proq talab borligi, qayta ishlangan mahsulotni jo‘natish uchun esa global investitsiyalar va katta miqdorda kapital mablag‘lar talab qilinishini aytdi. Shunga qaramay, bu vazifa, uning so‘zlariga ko‘ra, boshqariladi va u hal qilinmoqda.

«Xabar» jurnalistlarining qayd etishicha, shunga o‘xshash vaziyatni tegirmonchilik sanoatida ham kuzatish mumkin.

Foto: Pinterest
«Biz donni sotyapmiz, ammo unni realizatsiya qila olmayapmiz, sababi O‘zbekiston unga import bojini oshirmoqda, donga esa pasaytiryapti. Eksportda bunday o‘yinlar nima bilan bog‘liq? Biz o‘z manfaatlarimizni qanday himoya qilyapmiz?» - deydi jurnalistlar.

Bektibayevaning javob berishicha, har bir mamlakat o‘z manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va Qozog‘iston nafaqat xomashyoni, balki balki tayyor mahsulotlarni ham eksport qilmoqchi, buning uchun kompaniyalarga dotatsiyalar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonlik jurnalistlar O‘zbekistonga xomashyo eksportidan tashvishga tushib qoldi (video)