20:53 / 13.10.2018
6 272

Qashqadaryoda «Kaptiva»ni to‘xtatgan YHXB xodimlari kaltaklandi

Qashqadaryoda «Kaptiva»ni to‘xtatgan YHXB xodimlari kaltaklandi
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilning 12 oktyabr kuni viloyat YHXB xodimi leytenant N.X. hamda serjant R.D. O‘zbekiston ko‘chasida xizmat olib borayotganlarida serjant R.D. shu yerda harakatlanib kelayotgan “Zafar” MFYda yashovchi M.I. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashinasini to‘xtatib, avtomashinaning yon tomon oynalariga qora rangli parda o‘rnatganligi sababli haydovchi M.I.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lganida haydovchi va avtomashina yo‘lovchilari X.T., Sh.I. (ayol) hamda F.E. xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularning yuzi, qo‘li va bo‘yin qismlariga urib tan jarohati yetkazib, serjant R.D.ning cho‘ntagidagi “Samsung” mobil telefoni va haydovchi M.I.ga nisbatan tuzilgan ma’muriy bayonnomani olib, voqea joyidan ketib qolganlar.

Natijada xodimlarga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda «Kaptiva»ni to‘xtatgan YHXB xodimlari kaltaklandi