22:53 / 13.10.2018
3 778

Oliy o‘quv yurti kafedra mudiri 1000 dollar bilan qo‘lga tushdi

Oliy o‘quv yurti kafedra mudiri 1000 dollar bilan qo‘lga tushdi
Jizzax Davlat pedagogika institutining kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan Q.U. qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyat huquqni muhofaza qilish organlari Sangzor.uz saytiga xabar bergan.

Jizzax Davlat pedagogika institutining kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan Q.U. ushbu oliygohning “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishida tahsil olgan talaba M.U.ning o‘qishini “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishiga ko‘chirib berishni va’da qilib 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

Biroq, ishni hal qila olmagani bois jinoiy qilmishini bartaraf etish maqsadida 2018 yilning 4 oktyabr kuni soat 13:00lar atrofida Jizzax shahrining “Suloqli” mahallasi hududida M.U.ga olgan pullarini qaytarib berayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi DXX va Bosh Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat Boshqarmalari hamkorligida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Q.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy o‘quv yurti kafedra mudiri 1000 dollar bilan qo‘lga tushdi