10:52 / 16.10.2018
6 831

Toshkent viloyatida yirik nashafurush qo‘lga olindi…

Toshkent viloyatida yirik nashafurush qo‘lga olindi…
Respublika ichki ishlar vazirligining noqonuniy tarzda narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari Toshkent viloyatida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Tadbir doirasida Zangiota tumanidagi «O‘zgarish» qishlog‘i №79 uyda yashovchi fuqaro qo‘lga olindi. Uning uyidan nasha joylangan jami 124 ta gugurt qutichasi, shisha idishlar va boshqa tusdagi idishlar topildi. Shubhasiz, idishlarga ham narkotik moddalari joylangan edi. Narkotik moddalar jami 5 kilo 820 grammdan iborat ekani aniqlandi. Bundan tashqari, 735 gramm opium urug‘i ham qo‘lga kiritildi.

Uy egasining aytishicha, bularning barchasini u hovlisidagi issiqxonada yetishtirgan. Ammo bu boshlanishi ekan. Yerto‘lada tintuv o‘tkazilganda, u yerdan ham katta miqdorda quritish uchun osib qo‘yilgan nasha o‘simligi, sotishga tayyor qilib qo‘yilgan 11 kilo 75, 5 gramm nasha, 5 kilo opium urug‘i topildi. Ana shundan so‘ng militsiya xodimlari yotoqxonani ko‘zdan o‘tkaza boshlashdi. U yerda 11 ta shisha idish, 24 ta gugurt qutisi, 4 ta kofe va choydan bo‘shagan idishga ham narkotik moddalar berkitilganiga guvoh bo‘lishdi. Bu narkotiklar umumiy hisobda 1 kilo 346 gramm nasha, 1 kilo 231 gramm opiydan iborat bo‘ldi.

Musodara qilingan narkotiklar miqdori 34 kilogrammni tashkil etdi. Ayni paytda nashafurush qo‘lga olingan. Tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida yirik nashafurush qo‘lga olindi…