15 oktyabr kuni soat 12:00 atrofida Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hududida kuzatilgan kuchli shamol natijasida tuman hokimiyati binosining tom qismi pastga qulab tushdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Kun.uz” manbasi maʼlumotiga koʻra, hodisa oqibatida hokimiyat hovlisida boʻlgan kishilardan biri halok boʻlgan. U tumandagi “Tarnov” mahallasi, Tarnov qishlogʻida yashovchi, 1958 yilda tugʻilgan Mardon Qodirov edi.
Shuningdek, “Burgansoy” mahallasi Mavlon qishlogʻida yashovchi, 1988 yilda tugʻilgan fuqaro Shahobiddin Fayziyev tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, IIB YOXB rahbarlari, shuningdek qutqaruv tuzilmalari yetib borib, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatgan.
Ayni vaqtda tuman hokimiyati tom qismi toʻliq tozalanib, hodisa oqibatlari bartaraf etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi