13:00 / 17.10.2018
4 573

Farg‘onada hokim o‘rinbosari 1000 AQSh dollarini pora sifatida olayotganida ushlandi

Farg‘onada hokim o‘rinbosari 1000 AQSh dollarini pora sifatida olayotganida ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda «G.S.» MChJ rahbari U.ning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Quva tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.R. va tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi Sh.Q. tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’mirlash ishlarini bajarish majburiyatini «G.S.» MChJ zimmasiga yuklash evaziga «G.S.» MChJ rahbari U.dan kelishilgan 1500 AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari X.R. va kadastr bo‘limi mutaxassisi Sh.Q.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uznews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada hokim o‘rinbosari 1000 AQSh dollarini pora sifatida olayotganida ushlandi