22:14 / 17.10.2018
5 083

Andijonda bank xodimlari 759 ming AQSH dollarini talon-taroj qilishdi

Andijonda bank xodimlari 759 ming AQSH dollarini talon-taroj qilishdi
Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda TIF “Milliy bank” Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalarning jinoyati fosh boʻldi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

TIF “Milliy bank” Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, mazkur bank mijozlari hisoblangan 10 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarning valyuta hisob-raqamlarida boʻlgan 759 ming AQSH dollarini ularning xabarisiz boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlariga noqonuniy oʻtkazib, oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan TIF “Milliy bank” Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda bank xodimlari 759 ming AQSH dollarini talon-taroj qilishdi