O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 11 oktyabrdagi Qonuni bilan Uy-joy kodeksining 32-moddasiga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
U quyidagicha bayon etilgan: uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi.
Ushbu qoida kimlarga taalluqli? Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish jarayonida ikki toifadagi sub’ektlar ishtirok etadi:
mulkdorlar — uy-joyni shaxsan sotib olgan yoxud uy-joy bepul berilgan («Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonunning 7, 8-moddalari; 19.08.1992 yildagi PF-455-son Farmonning 1-bandi; VMning 1.03.1993 yildagi 114-son qarori 8-bandi va boshqalarga qarang) hamda mulk huquqiga doir davlat orderi ularning nomiga rasmiylashtirilgan fuqarolar;
xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar — xususiylashtirish paytida uy-joyda propiska qilingan, xususiylashtirish uchun arizada ko‘rsatilgan va unga «roziman» deya qayd etib imzo chekkan barcha voyaga yetgan fuqarolar.
Keyingilari faqat xususiylashtirilgan turar joy maydonidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, biroq unga bo‘lgan mulk huquqini olmaydilar. Biroq ыonun xususiylashtirilgan uy-joyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish uchun uni xususiylashtirishga rozilik bergan barcha shaxslarning roziligini talab qiladi. Umumiy qoidaga ko‘ra bu — umumiy mulk alomati. Ehtimol, shu sababga ko‘ra Oliy sud Plenumi xususiylashtirishga rozilik bergan barcha shaxslarni xususiylashtirilgan turar joyning birgalikdagi mulkdorlari, turar joyning o‘zini esa ularning umumiy mulki deya e’tirof etar.
Yetarlicha ziddiyatli vaziyat yuzaga kelib, u qonun ijodkorlarini Uy-joy kodeksining 32-moddasiga aniqlik kiritishga majbur qildi.
Yangilik mulkdorlarga daxl etmaydi — mulk huquqi ilgarigidek umumiy tartibda meros qilib olinishi mumkin (qonun bo‘yicha ham, vasiyatnoma bo‘yicha ham, tahr.). Shu sababli, agar kvartira (uy) ulushli mulk huquqida bir nechta voyaga yetgan oila a’zolari nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, uy-joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining 11-bandiga qarang), ularning har biri teng darajada o‘z ulushini meros qilib berishi mumkin.
Hujjat «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilingan, qo‘shimcha 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi