23:06 / 21.10.2018
4 360

Sergelida to‘pponchadan o‘q uzgan shaxs ushlandi (video)

Sergelida to‘pponchadan o‘q uzgan shaxs ushlandi (video)
Bugun, 21 oktyabr kuni taxminan soat 12.00da Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan avto ehtiyot qismlari bozori oralab qo‘lida to‘pponcha bilan yurgan shubhali shaxs aniqlangan.

Atrofdagi xaridor va sotuvchilar e’tiborini tortgan shaxs haqida IIB xodimlariga murojaat qilingach, voqea joyidan uzoqda bo‘lmagan IIB xodimlari shubhali shaxs bilan suhbatlashgan.

Ma’lum qilinishicha, 1979 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro N.A. pnevmatik to‘pponcha bilan havoga o‘q uzgandan so‘ng, atrofdagilarning e’tiborini tortgan. N.A. qarindoshining tug‘ilgan kunini o‘ziga xos nishonlash uchun qo‘lidagi pnevmatik qurol bilan havoga o‘q uzgani bildirildi.

Toshkent shahar IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, N.A. voqea joyidan Sergeli tumani Ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan. Ayni paytda uning harakatlari o‘rnatilgan tartibda o‘rganilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida to‘pponchadan o‘q uzgan shaxs ushlandi (video)