06:00 / 22.10.2018
17 975

Oʻzbekistonda 16 noyabrdan tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda 16 noyabrdan tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshishi kutilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslariga narxlar va tariflarning oʻzgarishi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Unga koʻra, 2018-2019 yillarda tariflar va narxlar oʻzgarishi jadvali belgilanmoqda.

tabiiy gaz tarifi (QQS hisobga olingan holda, 1 kub metriga)

- hisoblash uskunalari boʻlganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:

2018 yilning 16 noyabridan — 320 soʻm;
2019 yilning 1 iyunidan- 350 soʻm;
hozirda — 289,74 soʻm;

- hisoblash uskunalari boʻlmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:

ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun:

2018 yilning 16 noyabridan — 553 soʻm;
2019 yilning 1 iyunidan — 605 soʻm;
hozirda — 501,06 soʻm;

isitish uchun:

2018 yilning 16 noyabridan — 320 soʻm;
2019 yilning 1 iyunidan — 350 soʻm;
hozirda — 232,37 soʻm;

suyultirilgan gaz:

2018 yilning 16 noyabridan — 950 soʻm;
2019 yilning 1 iyunidan — 1200 soʻm;
hozirda — 800 soʻm.

Elektr energiyasi narxi (QQS hisobga olingan holda, 1 kVt soati uchun)

I va II guruhdagi isteʼmolchilar uchun:

2018 yil 16 noyabrdan — 331 soʻm;
2019 yil 1 iyundan — 370 soʻm;
hozirda — 228,60 soʻm;

elektr plitalar oʻrnatilgan aholi turar-joylarida:

2018 yil 16 noyabrdan -250 soʻm;
2019 yil 1 iyundan — 280 soʻm;
hozirda — 114,30 soʻm.

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida aholi tomonidan elektr energiyasi isteʼmolining bazaviy normasi oyiga bir abonent uchun 300 kVt.soat qilib belgilash taklif qilinmoqda.

Bu holda bazaviy norma doirasida isteʼmol qilingan elektr energiyasi oʻrnatilgan tarif boʻyicha, normadan ortigʻi 1,2 karra qimmatroq narxda hisob-kitob qilinadi.

Qaror loyihasi muhokamasi 3 noyabrgacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda 16 noyabrdan tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshishi kutilmoqda