13:10 / 22.10.2018
4 875

Oltiariqda yashirin “ombor” vazifasini o‘tayotgan xonadon aniqlandi

Oltiariqda yashirin “ombor” vazifasini o‘tayotgan xonadon aniqlandi
Oltiariq tumanida “ombor” vazifasini o‘tayotgan xonadon aniqlandi. Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati bu haqida xabar qildi.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Oltiariq tumanida yashovchi F.Yu. ismli fuqaro xovlisida aylanma yo‘llar orqali olib kirilayotgan tovar-moddiy boyliklarini saqlash bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi va bu yerda qo‘shni davlatdan olib kirilgan 30 turdagi 14 ming 647 dona tovar-moddiy boyliklari noqonuniy saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 224 mln so‘mni tashkil etadi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro F.Yu. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qism “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oltiariqda yashirin “ombor” vazifasini o‘tayotgan xonadon aniqlandi