21 oktyabr, yakshanba kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Sergeli tumani IIBga mashina bozorida to‘pponcha ushlagan shaxs yurgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib Daryo.uz xabar qildi.
Voqea joyiga yetib kelgan IIBB va Milliy gvardiya xodimlari Yunusobodda yashovchi 39 yoshli N.A.ni qo‘lga oldi. Undan Makarov pnevmatik to‘pponchasi va kukri pichog‘i olib qo‘yildi.
VIDEO
Sergeli IIBga keltirilgan N.A. bozorga qarindoshiga tegishli «Matiz» va «Epica» avtomobillarini sotish uchun kelganini aytgan. U faqat havoga o‘q uzgani va hech kimga zarar yetkazmoqchi bo‘lmagani aniqlandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Qo‘lga olingan erkakning shaxsi aniqlanganda u ruhiy-nevrologik dispanserda ro‘yxatda turishi oydinlashdi. U darhol davolash muassasasiga joylashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi