10:10 / 23.10.2018
5 306

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning «kartoshka urushi»

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning «kartoshka urushi»
Foto: gov.kg/Janibek Kerimaliyev
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan kartoshkani O‘zbekiston chegarasidan o‘tkazishmayotgani bo‘yicha shikoyatlar kelib tushmagan, deya ma’lum qildi Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri o‘rinbosari Janibek Kerimaliyev.

«O‘tgan yili O‘zbekiston bizdan ko‘p kartoshka oldi. Taxminan 350 ming tonnagacha yetkazib berdik. Bu yil bahoridan boshlab, bizning kartoshkamizni bir tomonlama ravishda o‘tkazishmayapti. Ehtimol, ular o‘z ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlashmoqda, umuman olganda, «kartoshkada kasallik bor», deb ma’lum qilishdi. Biroq, bizning kartoshka juda yaxshi holatda.

Yaqinda Tojikistonga tashrif bilan borgan bosh vazir hamda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri muzokaralar o‘tkazdi, ularda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ochib berishlari haqida aytdi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilaridan kartoshkani chegaradan o‘tkazishmayotgani bo‘yicha hech qanday shikoyat kelib tushmadi. Hozir qishloq aholisi kartoshkani bir kilogramm uchun 6-8 som (700-900 so‘m)dan sotishyapti. Narxlarni vositachilar tushirmoqda. Ayni damda bozor, do‘konlarda o‘rtacha 12 som (1,4 ming so‘m)dan sotilmoqda», - dedi Kerimaliyev.

Shu bilan birga, 18 oktyabr kuni parlament majlisida Qirg‘iziston SDP fraksiyasidan deputat Irina Karamushkina shahar bozorlari va gipermarketlarida asosan import qilingan meva-sabzavotlar sotilayotganini ma’lum qildi.

Deputat Qishloq xo‘jaligi vazirligi, oziq-ovqat sanoatini yetarli darajada ish qilinmagani uchun tanqid ostiga oldi. Irina Karamushkinaning fikricha, hukumat bu yil fermerlar tomonidan yetishtirilgan hosilni sotish yo‘llarini topishi kerak:

«Hukumat shu yilning fevral oyida O‘zbekiston Qirg‘izistondan 500 tonna kartoshka sotib olishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. Biroq, bugungi kunda O‘zbekiston tomoni kartoshka importidan voz bosh tortdi. Sababi nimada? Qishloqlar aholisiga yordam berish uchun vazirlik qanday choralar ko‘rdi? Bugungi kunda ular kartoshkani bir kilogramm uchun hattoki 5 som (590 so‘m)dan sota olmayaptilar, ularda hosilni saqlash uchun imkoniyat ham yo‘q», - dedi Karamushkina.

Darvoqe, Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Nurbek Murashevning fikricha, bu faqat vaqtinchalik qiyinchiliklar hamda tadbirkorlar kartoshka hosilini saqlab qolishi kerak, sababi ular keyin uni yuqoriroq narxda sotishlari mumkin.

«Bishkekda kartoshkaning ulgurji narxi 10 som (1,1 ming so‘m), chakana narxi esa 17 som (2 ming so‘m)gacha chiqmoqda. Hamma hosil sotiladi. Olibsotarlar har bir kilogrammni fermerlardan 10-12 som (1,1-1,4 ming so‘m)dan sotib olishmoqda. Kelgusi haftada kartoshka narxi ko‘tariladi. Olibsotarlarning qo‘liga qarab turmaymiz, narxlar ko‘tariladi, chunki O‘zbekiston qimmatroqqa sotib olishni boshlaydi», - deya bildirdi u.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, taqiq faqat bahorgi kartoshkani olib kirishga amal qilgan hamda o‘zbek tomoni bilan muzokaralar davomida u bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bozorlarida ayni damda bir kilogramm kartoshka 1,5-3 ming so‘m turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Qirg‘izistonning «kartoshka urushi»