21:25 / 23.10.2018
3 624

Endi tadbirkorlarni homiylikka majburiy jalb etganlar uch yildan besh yilgacha qamalishi mumkin

Endi tadbirkorlarni homiylikka majburiy jalb etganlar uch yildan besh yilgacha qamalishi mumkin
O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 192(4)-moddasi (Tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish) birinchi qismining (Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini pul mablag‘larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog‘liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi». Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi tadbirkorlarni homiylikka majburiy jalb etganlar uch yildan besh yilgacha qamalishi mumkin