08:55 / 24.10.2018
4 241

Xorazmda vrach-kardiolog pora bilan qo‘lga tushdi

Xorazmda vrach-kardiolog pora bilan qo‘lga tushdi
Xorazm viloyatining Xonqa tuman markaziy poliklinikasi vrach-kardiologi Z. K. fuqaro G. X. dan yurak xastaligi bo‘yicha zarur ma’lumotnoma yozib berish evaziga 200 AQSh dollari va 200 yuz ming so‘m pora talab qilgan. Vrach xuddi shu porani qabul qilib olayotganda, huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari tarafidan qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, bu haqda fuqaro G. X. ning o‘zi tegishli tashkilotga xabar bergandi.

Hozirda Z. K. ga nisbatan respublika jinoyat majmuasining tegishli moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda vrach-kardiolog pora bilan qo‘lga tushdi