23:39 / 24.10.2018
4 302

Buxoroda tonna-tonna paxtani qo‘shib yozgan mutasaddilar fosh etildi

Buxoroda tonna-tonna paxtani qo‘shib yozgan mutasaddilar fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Romitan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Inspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, Shofirkon tumanidagi “A” fermer xo‘jaligi traktor haydovchisi T.Q. fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tirkama og‘irligini sun’iy ravishda oshirib, haqiqatda topshirilmagan 1,6 mln. so‘mlik 460 kg. paxtaning ortiqcha hisoblab yozilishiga erishgan.

Shuningdek, tadbirda “A” fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari tirkama og‘irligini sun’iy ravishda oshirish yo‘li bilan 2018 yilgi paxta hosilidan aslida topshirilmagan jami 21,4 mln. so‘mlik 4236 kg. paxta xom ashyosini “Shofirkon paxta tozalash” AJ balansiga noqonuniy o‘tkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan “A” fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda tonna-tonna paxtani qo‘shib yozgan mutasaddilar fosh etildi