07:27 / 25.10.2018
6 943

Qo‘qondagi maxsus kollej xodimlari o‘quvchi-qizlarni zo‘rlashda gumonlanmoqda

Qo‘qondagi maxsus kollej xodimlari o‘quvchi-qizlarni zo‘rlashda gumonlanmoqda
Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji xodimlaridan bir nechtasi o‘quvchi qizlarni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Bu haqda, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillariga asoslanib, Turon24 xabar berdi.

Aytilishicha, Qo‘qon shahar huquq-tartibot idoralari shahardagi Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida o‘quvchi qizlarning nomusiga tegilgani yuzasidan tergov boshlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida salomatligida va xulqida nuqsoni bor o‘quvchilar o‘qiydi. Ma’lum bo‘lishicha, kollejning 16 yoshli o‘quvchisi homilador bo‘lib qolgan. Qo‘qon shahar prokuraturasi anonim so‘roq o‘tkazgan. Shunda boshqa qizlar ham jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lishgani haqida yozib berishgan.

Shahar prokuraturasi shu yilning 15-20 oktyabr kunlari kollejning moliyaviy, tashkiliy va tarbiyaviy holati bo‘yicha taftish o‘tkazgan. Barcha xodimlardan tushuntirish xati olingan. Hozir ginekologlar ham o‘quvchi qizlarni tekshiruvdan o‘tkazishmoqda. Ularning 80 foizi zo‘rlash qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Turon24 muxbiri viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasidan ham ma’lumot olmoqchi bo‘ldi. Ammo go‘shakni ko‘targan Sobirjon ismli xodim ishga yangi kelganini, bu haqda hech narsa bilmasligini aytib ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining «nomusga tegish», «jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish», «o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish», «mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olish» singari moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kollej direktori davlat mulkini talon-taroj qilganlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish; direktorning haydovchisi, kollej qorovuli, yoshlar yetakchisi va ruhshunosi jinsiy zo‘rovonlikda ayblanib, hibsga olingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qondagi maxsus kollej xodimlari o‘quvchi-qizlarni zo‘rlashda gumonlanmoqda