Yangiyo‘llik fermer og‘irligi 40-45 kg bo‘lgan qovoqlar yetishtirmoqda

  • 26 oktyabr 2018, 00:04
  • 1 291
  • Jamiyat
  • Yangiyo‘llik fermer og‘irligi 40-45 kg bo‘lgan qovoqlar yetishtirmoqda
    Foto: «Podrobno.uz»

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi ko‘p tarmoqli «Saidnazar-Alinazar» fermer xo‘jaligi rahbari Alinazar Imomnazarov qovoqning yangi navini yetishtirmoqda, deb yozadi «Podrobno.uz».

    Qayd etilishicha, fermer yetishtirayotgan yangi navli qovoqlar 40-45 kg og‘irlikka ega.

    «Sakkiz gektar yer mevali daraxtga to‘la. Tuproqdan aql bilan bilan foydalanish kerak, shu boisdan egatlar orasida sabzavotlar va qulupnay yetishtiraman. Qovoq yetishtirishni esa bir vaqtlar otam boshlagan. U menga qovoq parvarishlashning usullarini o‘rgatgan. Katta va uning ustiga mazali mahsulotni yetishtirish — bu butun boshli fan. Bunda o‘z vaqtida sug‘orish, quyosh nuri va boshqa omillar ham muhim o‘rin tutadi»,—deydi Alinazar Imomnazarov.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yangiyo‘llik fermer og‘irligi 40-45 kg bo‘lgan qovoqlar yetishtirmoqda