09:43 / 26.10.2018
4 772

Chegaradan 746 ming dollarni olib o‘tayotganlar ushlandi

Chegaradan 746 ming dollarni olib o‘tayotganlar ushlandi
24 oktyabr kuni Chust tumani G‘ova aholi punktida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi orqali xorijiy valyutani noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deya xabar qildi DXX Chegara qo‘shinlari «Gazeta.uz"ga.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha xodimlari chegarachilar bilan hamkorlikda 746 ming AQSh dollarini noqonuniy olib chiqilishining oldini oldi.

Mazkur holat bo‘yicha DXX organlari «qonunchilik doirasida chora ko‘rdi», deya qayd etdi Chegara qo‘shinlari vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chegaradan 746 ming dollarni olib o‘tayotganlar ushlandi