21:43 / 26.10.2018
3 683

Turizm qo‘mitasi raisi ishdan olindi

Turizm qo‘mitasi raisi ishdan olindi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Nurutdinovich Umarov lavozimini tark etdi. Bu ma’lumotni «Kun.uz» nashri tasdiqladi.

Baxtiyor Umarov joriy yilning may oyida bosh vazir o‘rinbosarligiga ko‘tarilgan Aziz Abduhakimov o‘rniga qo‘mita raisiga aylangandi.

U vazir bo‘lishidan oldin Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbari Ibrohim Abdurahmonovning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagandi.

Hozircha uning keyingi faoliyati, shuningdek, qo‘mitaning yangi raisi haqida ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turizm qo‘mitasi raisi ishdan olindi