18:10 / 27.10.2018
7 081

Tizzasigacha suvga botgan oltovlon: Ularni bu ahvolga solganlarga jazo beriladimi?

Tizzasigacha suvga botgan oltovlon: Ularni bu ahvolga solganlarga jazo beriladimi?
Foto: ijtimoiy tarmoqlar
27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalasi yonidagi ariqqa tushib turgan 6 nafar kishining suratlari tarqaldi.

Suratda ko‘rinib turibdiki, olti nafar xodim qaysidir “aybi” uchun jazo sifatida tizzasigacha ariqdagi suvga tushirib qo‘yilgan.

Kun.uzʼning surishtiruviga ko‘ra, mazkur voqea Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan.

Namanganlik foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqda yozishlaricha, suratda tasvirlanganlar fermerlar emas, davlat tashkilotlarining boshliq o‘rinbosarlari bo‘lgan lavozimdor shaxslardir.

Fotosurat maxsus dasturlar yordamida tekshirib ko‘rilganida u feyk emasligi — u montaj qilinmagani, original ekanligi aniqlangan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘zining “Feysbuk”dagi sahifasida “ushbu rasmda suratga olingan joy va sharoitni aniqlashga yordam beruvchi har qanday ma’lumotlar haqida xabar berishingizni so‘raydi” deb xalqqa murojaat qiladi va bog‘lanish uchun telefon raqamini ham qoldirgan:

Telefon/Telegram: +998 (95) 145-88-44.

Kun.uz tahririyati ham fuqarolarni bu tarzda tahqirlash, ularning huquqlarini poymol etish fakti yuzasidan o‘z surishtiruvini boshlagan. Biz bilan birga voqealar rivojini kuzating.

P.S. Voqea yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lganlar @Uzmuxbir Telegram akkauntiga ma’lumot tashlab berishi so‘raladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tizzasigacha suvga botgan oltovlon: Ularni bu ahvolga solganlarga jazo beriladimi?