21:25 / 27.10.2018
4 508

DXX tomonidan giyohvandlik moddalari savdosining oldi olindi (video)

DXX tomonidan giyohvandlik moddalari savdosining oldi olindi (video)
Yurtimizda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan giyohvandlik moddalari savdosining oldini olish bo‘yicha muntazam choralar ko‘rilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazildi.

Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi Mirzohid Oxunov “Andarxon” chegara posti orqali qo‘shni Tojikiston Respublikasiga o‘tib, u yerda 4 ming AQSh dollari evaziga opiy giyohvand moddasini xarid qiladi va jinoiy sherigi, Qo‘qon shahrida yashovchi Ulug‘bek Qayumovga telefon qilib, mazkur giyohvand moddani Qo‘qonga yetkazib berishni so‘raydi. Ulug‘bek Qayumov giyohvand moddalarni Bekobod shahridan olib kelayotgan vaqtda Chag‘ali qishlog‘i yaqinida qo‘lga olindi. Qayumovning tanishi boshqaruvidagi mashinada 1 kilogramm 984 gramm opiy moddasi borligi aniqlandi hamda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Olib borilgan tezkor surishturuvlar davomida Mirzohid Oxunov ham qo‘lga olindi.

Yana bir shunday holatning oldi olindi.

Marg‘ilon shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan Hoshim Ibrohimov Quvasoy shahridan Farg‘ona shahriga kirib kelayotganida to‘xtatildi. Qilmishi fosh bo‘layotganidan bezovtalangan Ibrohimov mashinadan tushib, qo‘lidagi buyumni ko‘chaga uloqtirib, qochib ketayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Uning jinoiy sherigi Marg‘ilon shahrida yashovchi Doniyor Mahmudov esa, voqea joyidan qochib ketdi. Ammo, olib borilgan tezkor tadbir davomida u Marg‘ilon shahrida qo‘lga olindi.

Ibrohimov tomonidan uloqtirilgan buyum xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, sellofan paketga o‘ralgan 672 gramm og‘irlikdagi "gashish" giyohvand moddasi ekani aniqlandi.

Tergovoldi surishtiruvlar jarayonida Ibrohimov va Mahmudov "gashish" moddasini qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi hududida sotib olib, Quvasoy shahrining Polmon qishlog‘i yaqinidagi aylanma yo‘l orqali mamlakatimizga olib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246, 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX tomonidan giyohvandlik moddalari savdosining oldi olindi (video)