23:53 / 27.10.2018
3 592

Bojxonachilar “Samanta” ko‘magida “Kobalt”ga yashirilgan tamakilarni fosh etishdi (foto)

Bojxonachilar “Samanta” ko‘magida “Kobalt”ga yashirilgan tamakilarni fosh etishdi (foto)
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan qaytib kelayotgan M.D. imli shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida yurtimizga katta miqdordagi tamaki mahsulotlari kirib kelishining oldini olishdi.

Gap shundaki, ushbu avtomashinaning yo‘lovchi kabinasini “Samanta” laqabli xizmat iti yordamida tekshirish chog‘ida bojxonachilar avtomashinaga noqonuniy mahsulot yashirilganligini payqab qolishdi.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Shundan so‘ng avtomashina chuqur bojxona nazoratidan o‘tkazilganda xizmat itining xatti-harakatlari o‘z isbotini topdi, uning eshiklaridan panellari yechib ko‘rilganida, avtomashina old va orqa eshiklari orasida mohirona yashirilgan 887 quti “MILANO” va 50 quti “ESSE Light” yozuvli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Tekshiruv davomida haydovchi va yo‘lovchi kelishgan holda ushbu huqubuzarlikni sodir etganligiga iqror bo‘lishdi.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182-moddasiga binoan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirincha tovarlarni noqonuniy olib o‘tish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga topshirildi. Hozirda aniqlangan tamaki mahsulotlari hamda avtotransport vositasi huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yildi.

Ma’lumot sifatida: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yil davomida 21 ta holatda tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar “Samanta” ko‘magida “Kobalt”ga yashirilgan tamakilarni fosh etishdi (foto)