00:02 / 29.10.2018
5 556

Toshkentda YPX xodimlari ta’qibidan qochgan haydovchi begunohning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Toshkentda YPX xodimlari ta’qibidan qochgan haydovchi begunohning o‘limiga sababchi bo‘ldi
Shu yil 27 oktyabrdan 28 oktyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 02: 00 da «Lasetti» avtomobilini haydovchilik guvohnomasisiz katta tezlikda boshqarib ketayotgan 29 yoshli Jo‘rabek A. Olmazor va Islom Karimov ko‘chalari kesishgan joyda svetoforning qizil chirog‘idan o‘tish jarayonida beton aralashtirishga moslashgan «HOWO» mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Natijada u jiddiy tan jarohati bilan kasalxonaga olib ketildi. «Lasetti» salonida bo‘lgan yo‘lovchi 26 yoshli Shahboz X. jarohat o‘ta og‘irligi tufayli o‘sha joyning o‘zida vafot etdi.

Ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 266 moddasi 2 qismiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, ilgari bu haydovchi avtomobilni mast holatda boshqargani uchun bir yarim yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgandi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda YPX xodimlari ta’qibidan qochgan haydovchi begunohning o‘limiga sababchi bo‘ldi