14:37 / 29.10.2018
5 615

Toshkentda oʻquvchi oʻz oʻqituvchisini kaltakladi

Toshkentda oʻquvchi oʻz oʻqituvchisini kaltakladi
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 10-sinf oʻquvchisi oʻzining fizika oʻqituvchisini kaltaklagani va burnini sindirgani haqidagi xabar tarqaldi. Eʼtiboringizga shu xabarni havola etmoqchimiz.

Toshkentdagi 160- maktab oʻquvchisi 24 oktyabr kuni dars paytida fizika oʻqituvchisini urib, uning burnini sindirdi. Maktab rahbariyati fikricha, janjal oʻqituvchining aybi bilan boshlangan.

Voqea guvohi boʻlgan oʻquvchilardan birining aytishicha¸ janjal fizika oʻqituvchisi Denis Rundayev sinfdagi oʻquvchi qizga “telefon quloqchinini yechib qoʻy” deya tanbeh bergani ortidan chiqqan. Sinfdoshini himoya qilgan M. A. ismli 10- sinf oʻquvchisi oʻqituvchini “urib tashlagan”.

Voqeani oʻrganaëtgan shahar xalq taʼlimi boshqarmasi mulozimining aytishicha, 160- maktab oʻqituvchisining burni singani, yuzi va qorniga tan jarohati yetkazilgani borasida tibbiy maʼlumotnoma mavjud.

Oʻzini “160- maktab direktori Irina Kazakovaning ërdamchisiman”, deb tanishtirgan aëlning aytishicha, “burni singan oʻqituvchi uni jabrlagan oʻquvchining uzrini qabul qilgan”. “Biz bu voqea yuzasidan ota-onalar majlisi chaqirdik. Bolaning otasiga nisbatan tushuntirish ishlarini olib bordik. Bola oʻqituvchisidan kechirim soʻradi. Fizika oʻqituvchisining oʻzi janjalni birinchi boshlaganini tan oldi. Denis Aleksandrovichning oʻzi bolani urishni birinchi boshlagan. Bola oʻzini himoya qilgan”, dedi Irina Kazakova.

160- maktabning ismi sir qolishini istagan oʻqituvchisining aytishicha, maktab rahbariyati “voqeani bosti-bosti qilishga urinmoqda”. “Majlisda men ham qatnashdim. Direktorimiz «bu gap maktabdan tashqariga chiqmasin”, deb qattiq tayinladi. Fizika oʻqituvchisi ham direktorning bosimi ostida arizasini qaytarib oldi. Oʻqituvchiga qoʻl koʻtargan oʻquvchi yomon xulqi tufayli kollejdan haydalgan. Otasi kelib uni oʻzidan ikki ësh kichkinalar oʻqiydigan sinfga joylab ketgandi. Shu bolaning zoʻravonligi dastidan hech kimga kun yoʻq».

Yakkasaroy tuman IIB boshligʻining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari “oʻqituvchiga qoʻl koʻtargan oʻquvchiga nisbatan tarbiyaviy chora koʻrilganini” aytdi.

160- maktabning oʻqituvchilaridan biri maktabdagi bu janjal ortida oʻquvchilarni ota-onalariga qarab tabaqalashaëtganini aytdi. Uning fikricha, oʻqituvchini urgan oʻquvchining otasi maktabga moddiy ërdam koʻrsatgan. “Shu bois bu oʻquvchi oʻzini doim baland olib yuradi. Maktabdagi oʻquvchilar yaxshi oʻqiydigan va ëmon oʻqiydiganlarga emas, balki ota-onasi maktab fondiga ërdam beradigan va bermaydiganlarga ajralgan”, — deydi u. Suhbatdoshimiz bu amaliëtga qarshi boʻlgan uch nafar oʻqituvchi joriy oʻquv yilida ariza ëzib maktabdan boʻshab ketganini maʼlum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda oʻquvchi oʻz oʻqituvchisini kaltakladi