23:53 / 29.10.2018
4 097

Nukusda yo‘lovchi poyezdi «Nexia» bilan to‘qnashdi (video)

Nukusda yo‘lovchi poyezdi «Nexia» bilan to‘qnashdi (video)
Foto: «Repost»
28 oktyabr kuni Qo‘ng‘irot — Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi «Nexia» bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda «Repost» xabar bermoqda.


Ma’lum qilinishicha, avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidasiga amal qilmagan va temir yo‘lni kesib o‘tayotganida poyezd uni katta tezlikda urib yuborgan. «Nexia» bir necha o‘n metr nariga dumalab ketgan. Avtomashina ichida ayollar va bolalar ham bo‘lgan. O‘n daqiqa ichida voqea joyiga tez tibbiy yordam yetib borgan. «Nexia» ayanchli ahvolga tushgan bo‘sa-da, baxtli tasodif tufayli hech kim jabr ko‘rmagan.

Ushbu sodir bo‘lgan avtohalokatni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda yo‘lovchi poyezdi «Nexia» bilan to‘qnashdi (video)