10:02 / 30.10.2018
3 162

Kaliti bilan qoldirilgan “Lacetti”ni minib qochgan “jon qo‘shni” ushlandi

Kaliti bilan qoldirilgan “Lacetti”ni minib qochgan “jon qo‘shni” ushlandi
28 oktyabr kuni kechqurun soat 20:00da Andijon tumani, “Chorbog‘” mahallasida yashovchi Bahrom Inomov o‘zining “Lacetti” rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida kaliti bilan qarovsiz holda qoldiradi va xonadoniga kirib ketib, yarim soatlardan keyin avtomashinasi yo‘q ekanligini bilib, ichki ishlar bo‘limiga xabar beradi.

Shundan so‘ng viloyatda “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, barcha shahar-tuman IIBlariga, chegara harbiy qismlarga, Farg‘ona va Namangan viloyati IIBlariga xabar qilingan.

Andijon viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomashinani B.Inomovning qo‘shnisi A.M. mast holatda minib qochgani aniqlanadi.

Ayni paytda A.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kaliti bilan qoldirilgan “Lacetti”ni minib qochgan “jon qo‘shni” ushlandi