15:43 / 30.10.2018
10 260

«Zirapcha» realiti-shousidan odamlar nega norozi?!

«Zirapcha» realiti-shousidan odamlar nega norozi?!
“Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Zirapcha” realiti-shousi — bugungi kunda ko‘pchilikning diqqatini torta olgan ko‘rsatuvlardan biri. Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan fikrlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu ko‘rsatuvga maqtovdan ko‘ra tanqidlar ko‘proq bildirilyapti. “Realiti-shou”, deya bong urib maqtalayotgan ushbu “loyiha” milliy televideniye uchun yangilik ekan. Shu kabi ko‘rsatuvlar rus va boshqa chet davlatlarida necha yillar avvalroq efir yuzini ko‘rgan. Lekin, chet el kanallarida namoyish qilingan aksariyat loyihalar ma’lum bir maqsadga qaratilgan edi.

Masalan, ayollarni haqiqiy top modellarga aylantirish yoki ularning tashqi ko‘rinishlarini mutloq o‘zgartirish va boshqa shu kabi maqsadli loyihalar. To‘g‘ri, tomoshabin chaqirish va e’tiborni ushlab turishda bunday realiti shoular katta reyting yig‘a oladi. Biroq tarbiyaviy jihatidan olib qarasak… Xo‘sh, biz o‘z fikr-mulohazalarimizni chetga surib, shunchaki odamlarning gap-so‘zlariga qaraylik…

“Tarbiyasi og‘ir bir to‘da qizni yig‘ib olishdan maqsad nima? Ularni go‘yoki madamga aylantirish yoki fe’l-atvorlaridagi qusurlarni to‘g‘rilashmi? Agar maqsad shu bo‘lsa, bu qizlarning tarbiyasini to‘g‘rilashga oid hech bir ish bo‘lmayapti. Aksincha, ekranga termilib o‘tirgan boshqa qizlarni ham zaharlashyapti”

“O‘zbek millatiga umuman nomunosib, chet elga taqlid bu! Millatni buzishdan boshqa narsa emas»

“Lekin shunday aqlli gap ham bor: “Tarbiyani faqat donodan emas, balki nodonlardan ham o‘rganish mumkin”

“Bir to‘da yengiltak qizlardan iborat sirk”

“Bu qizlarning qanchadan-qancha kamchiliklari bor. Xo‘sh, bu kamchiliklarni ommaga ko‘rsatib, ularning kelajagini yanada xatarga qo‘yishga arziydimi? Shaxsan men bunday qizlarning hech birini xotin qilib olmasdim”

“Tanganing ikki tomoni haqida gapirmoqchiman. Birinchisi, bu ayollarni shu qiyofaga kelishlarini ommaga ibrat sifatida sabablarni izohlab berish orqali xalq orasida e’tiborni kuchaytirish. Ikkinchisi, bu teleloyiha orqali yana bir qancha yoshlarning axloqiga putur yetishi mumkin. Chunki taqlid qiluvchilar soni ham topiladi”


(Eslatib o‘tamiz yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoqlardan olindi)

Fikrlar orasida qarshi qarashlar, ya’ni ko‘rsatuv yoqayotganini bildirib o‘tayotgan insonlarning muhokamalari ham bor, albatta.

Masalaning yana bir tarafi, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rsatuv ishtirokchilarini kuzatganingizda ularni o‘zgarganiga u qadar ishongingiz kelmaydi. Umuman olganda, ushbu realiti shouni shunchaki ko‘ngilochar loyiha sifatida hazm qilish osonroq. Ko‘rsatuvga og‘iz ko‘pirtirib “Tarbiyaviy ahamiyatga ega, kerakli, foydali”, kabi sifatlarni berish esa anchagina noo‘rin, nazarimda.

Sizning ham fikrlaringizni kutib qolamiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Zirapcha» realiti-shousidan odamlar nega norozi?!