15:04 / 31.10.2018
3 700

Namanganda paxtaga qum va tuproq aralashtirib topshirgan fermerlar qo‘lga olindi

Namanganda paxtaga qum va tuproq aralashtirib topshirgan fermerlar qo‘lga olindi
Namangan viloyati Pop tumanida uch nafar fermer paxtaga 3 tonna qum va tuproq aralashtirilib topshirish ishi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Namangan viloyati Pop tumani “Pop paxta tozalash” AJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslarining jinoiy rejalariga nuqta qo‘ygan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, paxta topshirish Maskani brigadiri Furqat Rahimov, “Shamsiddin-Dildora” fermer xo‘jaligida terilgan paxta xomashyosi ostiga yashirilgan 1 tonna tuproq va qumni o‘tkazib berish evaziga Shuhrat Usmonovdan 300 AQSh dollari va 400 ming so‘mni olib, qum va tuproqni jamiyat hududiga tushirib chiqqan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirildi.

Shuningdek, tumandagi “Oltin zamin Rasul” va “Abdurashid ota T” fermer xo‘jaliklarining paxta xomashyolari olib kelingan transport vositalarining har birida polietilen qoplarda bo‘lgan 1 tonnadan tuproq va qum borligi aniqlangan. Uchta fermer xo‘jaligi tomonidan 3 tonna qum va tuproq shu kuni sotilgan 9 694,7 ming so‘mlik paxta xomashyosi o‘rniga o‘tkazilganligi aniqlangan.

“Bu hali hammasi emas, e’tibor bering jamiyat hududidagi 27-buntning ichida tuproq uyumlari mavjud bo‘lib, paxta saqlash maydonchasida mavjud xomashyo 1-nav 1-sinfga mansubligi va uni ichiga 1,8 tonna tuproq aralashtirib yuborilganligi Departament xodimlari tomonidan fosh etildi. Mazkur almashtirib qo‘yilgan tuproq uchun davlatdan 6,313 ming so‘m pul undirilgan” deyiladi O‘zA xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda paxtaga qum va tuproq aralashtirib topshirgan fermerlar qo‘lga olindi