23:27 / 31.10.2018
4 067

O‘zbekistonda butun respublika bo‘yicha pullik yo‘llar joriy qilinadi

O‘zbekistonda butun respublika bo‘yicha pullik yo‘llar joriy qilinadi
O‘zbekistonning barcha hududlarida pullik magistral yo‘llar qurish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar investitsion majburiyatlarni qabul qilish evaziga magistral yo‘llarning uchastkalarini oladi. Ushbu qonun loyihasi Muhokama portalida keltiriladi.

2020 yilning 1 yanvaridan boshlab respublikaning barcha hududlarida pullik yo‘llarni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Bunday yo‘llardan foydalanish uchun turli shakldagi to‘lov miqdori belgilanadi. To‘lov miqdori kunning kunduz qismi va kechki qismiga bog‘liq bo‘ladi.

Bundan tashqari, pullik yo‘llarda maksimal ruxsat etilgan harakatlanish tezligi belgilangan tezlikdan 20 km/soatga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda butun respublika bo‘yicha pullik yo‘llar joriy qilinadi