07:02 / 01.11.2018
3 910

O‘zbekistonda YPX xodimlari qachondan “Body camera” bilan ishlay boshlaydi?

O‘zbekistonda YPX xodimlari qachondan “Body camera” bilan ishlay boshlaydi?
Kecha o‘tkazilgan brifingda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov YPX xodimlarini “Body camera” bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini ma’lum qildi.

“Body camera” bo‘yicha barcha tender hujjatlari ekspertizadan o‘tish uchun topshirilgan.

Yaqin kunlarda tender e’lon qilinadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent shahrida nafaqat YPX, balki post patrul va profilaktika inspektorlari ham “Body camera”lar bilan ta’minlanadi.

Umarxonovning so‘zlariga ko‘ra, “Body camera” tizimi 2019 yil mart oyidan ishga tushirilishi kutilmoqda.

“Kamerani taqib olgan xodim butun xizmat davomida uni yecha olmaydi. Agar yechib qo‘ysa, yoki kamera 5 daqiqadan ortiq harakatsiz qolsa, darhol markazga xabarnoma yetib keladi. Bular texnik topshiriq ishlab chiqishda ko‘zda tutilgan”, - deb qo‘shimcha qildi Umarxonov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda YPX xodimlari qachondan “Body camera” bilan ishlay boshlaydi?