17:02 / 02.11.2018
5 343

Vladimir Jirinovskiy​ Buxoroga keldi (foto)

Vladimir Jirinovskiy​ Buxoroga keldi (foto)
2 noyabr kuni Rossiya liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy Buxoroga yetib bordi. Uni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev kutib olgan. Bu haqda rus partiyasi axborot xizmatiga tayanib Turon24 AA xabar berdi.

Buxoro shahridagi “Asia Bukhara” mehmonxonasida Vladimir Jirinovskiy rahbarligidagi delegatsiya hamda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turon24 muxbirining xabariga ko‘ra, muloqot davomida mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid muhim masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

Hokim O‘ktam Barnoyev ikki davlat hamkorligi tinchlik va do‘stlik aloqalarini yanada barqarorlashtirishga xizmat qilishini aytdi.

Uchrashuv yakunida Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi federal majlisining 12 nafar deputati hamda 10 nafar kuzatuvchidan iborat delegatsiyaga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mehmonlar qadimiy obidalar bo‘ylab sayohat qilishdi. Ular Ark qal’asi va majmua hududida joylashgan Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey-qo‘riqxonasi, Sitorai Mohi Xosa xalq amaliy bezak san’ati muzeyi faoliyati bilan tanishtirildi.

Kunning ikkinchi qismida Vladimir Jirinovskiy Buxoro shahridagi Sinagogga bordi.

Ertaga Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi delegatsiya Buxoro shahridagi markaziy bozorga tashrif buyuradi. Mehmonlarga hududning savdo-iqtisodiy bazasidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot beriladi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Ko‘chkisafed qishlog‘i va paxta dalalarini aylanadi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vladimir Jirinovskiy​ Buxoroga keldi (foto)