23:30 / 02.11.2018
3 920

Toshkentda ayol eridan o‘ch olish niyatida uyiga o‘g‘rilarni chaqirdi

Toshkentda ayol eridan o‘ch olish niyatida uyiga o‘g‘rilarni chaqirdi
Yaqinda Toshkent shahridagi Shayhontohur tumanida yashovchi 27 yoshli N.N. ismli ayolning iltimosiga ko‘ra, 23 yoshli A.E., X.U., 28 yoshli M.K. bilan birgalikda Aziz N. ning kvartirasidan jami 23,1 ming dollar, 10 million so‘m miqdoridagi pullarni o‘marib ketgan. Ajablanarlisi, o‘g‘rilarni uyiga shu kvartirada yashovchi beka N.N. ning o‘zi chaqirgan va o‘g‘irlikka da’vat etgan.

Ma’lum bo‘ldiki, eri bilan janjallashib qolgach, N.N. ota uyiga ketib qolgan. Biroq alamidan chiqa olmagan. Shuning oqibatida o‘g‘rilar bilan tilni bir qilgan. Ularga kvartira va temir sandiq kalitini berib, pullar qayerdaligigacha aytgan.

Ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 169-moddasi 4-qismi (“O‘g‘irlik”) ga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ayol eridan o‘ch olish niyatida uyiga o‘g‘rilarni chaqirdi