02:39 / 04.11.2018
3 216

Toshkentda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Toshkentda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
3 noyabr kuni “Xalqlar do‘stligi” saroyida Toshkent shahrida fuqarolarning yong‘in xavfsizligiga rioya qilishi, gazdan to‘g‘ri foydalanish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘z olib, fuqarolar qish mavsumida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishlari, poytaxt faollari va mutasaddilari tomonidan ularga bu borada keng tushuntirish ishlarini olib borish zarurligini ta’kidlagan.

Shuningdek, poytaxt hokimi Chilonzor va Yunusobod tumanida is gazi bilan bog‘liq ro‘y bergan mudhish voqealarga to‘xtalib, bunday holatlar qayta takrorlanmasligi uchun mas’ullarga barcha choralarni ko‘rish lozimligini, fuqarolarga esa xushyorlikni yo‘qotmaslik kerakligini aytdi.

Yig‘ilish davomida ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari va bir qator mutasaddi rahbarlar yong‘in xavfsizligini oldini olishga qaratilgan ishlar bo‘yicha hisobot berishgan. Hisobotlarda mavzuga doir hayotiy lavhalar ham namoyish etilgan.

J.Ortiqxo‘jayev mutasaddilarning bu borada qilayotgan ishlari hali qoniqarli darajada emasligini ta’kidlab, bir qator mas’uliyatsiz rahbarlarni qattiq ogohlantirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi