Samarqandda tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritish uchun 500 dollar olgan shifokor ushlandi

  • 4-11-2018, 03:30
  • 541
  • Jamiyat
  • Samarqandda tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritish uchun 500 dollar olgan shifokor ushlandi
    Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman markaziy poliklinikasi shifokori Sh.N. qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

    U fuqaro S.I.dan Samarqand tibbiyot kolleji ikkinchi mutaxassisligiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Sh.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    » » Samarqandda tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritish uchun 500 dollar olgan shifokor ushlandi