13:40 / 04.11.2018
5 259

Toshkent shahrida o‘quvchi fizika muallimini kaltakladi…

Toshkent shahrida o‘quvchi fizika muallimini kaltakladi…
Bu ayanchli va fojiali voqea Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi №160 o‘rta maktabda sodir bo‘lgan. Fizika muallimi D. R. o‘quvchi qizlardan biriga po‘pisa qildi-yu, baloga qoldi. O‘ninchi sinf o‘quvchisi M. A. sinfdoshining yonini olib muallimni kaltaklashdan o‘zini tiya olmadi.

Jurnalistlar maktab rahbariyati bilan bog‘lanishga harakat qilishdi. Ammo qo‘ng‘iroqlarga javob bo‘lmadi. Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xodimlari ushbu voqea haqiqatan sodir bo‘lgani, ammo tez fursatda muammo ijobiy hal etilganini bayon qilishdi.

Manba: Upl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida o‘quvchi fizika muallimini kaltakladi…