15:53 / 04.11.2018
4 864

O‘zbekistondagi maktablar maktab avtobuslari bilan ta’minlanadi

O‘zbekistondagi maktablar maktab avtobuslari bilan ta’minlanadi
2019 yilning 1 yanvarigacha O‘zbekistondagi maktablar maktab avtobuslari bilan ta’minlanadi.

Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazgan yig‘ilishda so‘zlagan nutqiga tayanib xabar berdi.

Prezidentimiz belgilangan maktablardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash, markazlashgan investitsiya mablag‘lari hisobidan ularni jihozlash kerakligini ta’kidladi.

Hududlar talabidan kelib chiqib, litsey va kollejlarning bo‘shagan binosini joriy yil oxiriga qadar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazish, 2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish, maktab avtobuslari bilan tizimli ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi maktablar maktab avtobuslari bilan ta’minlanadi