09:01 / 05.11.2018
4 206

Toshkentda “Vino san’ati” festivali o‘tkaziladi

Toshkentda “Vino san’ati” festivali o‘tkaziladi
21-23 noyabr kunlari Toshkentda “Vino san’ati” festivali o‘tkaziladi.

Festivalga Bolgariya, Vengriya, Gruziya, Italiya, Moldova, Rossiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlaridan ekspertlar, mutaxassislar kelishi kutilmoqda. Ular orasida “Santuccio Sommelier” assotsiatsiyasi prezidenti Leonardo Komuchchi, Tokio someler maktabi vakili Orzugul Boboxo‘jayeva, Rossiyaning Shampan enologiyasi instituti vakili Margarita Pankratova kabi sharob sanoatining ko‘plab mutaxassislari bor.

Tashkilotchilar “Vino san’ati” festivali uch xil – ilmiy, madaniy va ko‘ngilochar yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladigan noodatiy festival bo‘lishini aytishmoqda.

Festival doirasida “Vino va uzumchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar”, “Sharq uzumlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkaziladi. Shuningdek, madaniy-ko‘ngilochar dasturlar, vino san’ati bo‘yicha mahorat darslari, mahalliy gastronomik mahsulotlar va milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “Vino san’ati” festivali o‘tkaziladi