Senat raisi Rossiyadagi o‘zbeklar bilan uchrashadi

  • 6-11-2018, 01:10
  • 424
  • Jamiyat
  • Senat raisi Rossiyadagi o‘zbeklar bilan uchrashadi
    O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

    2018 yilning 6-8 noyabr kunlari Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi. Tashrif dasturidan Moskva shahrida Rossiya Federal majlisi palatalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish, Oliy Majlis Senati va Federal majlisning Federatsiya Kengashi hamkorligi bo‘yicha Komissiya majlisi, savdo-iqtisodiy sohada O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini mustahkamlashga bag‘ishlangan ikki davlat biznes vakillarining Savdo-sanoat palatasidagi davra suhbatida ishtirok etish o‘rin olgan.

    » » Senat raisi Rossiyadagi o‘zbeklar bilan uchrashadi