03:30 / 06.11.2018
3 106

O‘zbekistonda xususiy kvartiralar ijarasi bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda xususiy kvartiralar ijarasi bozori tashkil etiladi
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, hukumat xususiy kvartiralar ijarasi bozorini ochishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Daryo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turizmni kelgusida rivojlantirish uchun nafaqat zamonaviy va brend mehmonxonalarni qurishni tezlashtirish, balki byudjet mehmonxonalarni (mehmon uylari) tashkil etish, Airbnb tizimi bo‘yicha kvartiralar ijarasini ham tatbiq etish lozim.

May oyining oxirida hukumat xususiy uylar va kvartiralarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatganlik uchun yig‘im eng kam ish haqining 2 foizini (3444) tashkil etishini belgilagan edi.

Airbnb orqali kelishuvlarni amalga oshirish bir muncha qiyin jarayon bo‘lsa-da, ushbu tizim orqali kvartirasini ijaraga berishni istovchilar ham talaygina. Hozirgi vaqtga qadar servisda 200 dan ortiq takliflar e’lon qilingan. Ulardan aksariyati Toshkent, Buxoro va Samarqandda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda xususiy kvartiralar ijarasi bozori tashkil etiladi