O‘zbekiston ayollari ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilmoqda

  • 6-11-2018, 05:35
  • 893
  • Jamiyat
  • O‘zbekiston ayollari ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilmoqda
    O‘zbekiston Adliya vazirligi ayollarning kasb tanlash imkoniyatlari kengaytirilishi zarurligi haqida bayonot bilan chiqdi.

    Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda amalda bo‘lib turgan ayrim qonun hujjatlarida ayollarning mehnat qilish huquqini cheklanish holatini ko‘rish mumkin.

    Masalan, ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxati bilan jami 400 ga yaqin kasblarda ayollarning ishlashi taqiqlangan.

    "Ta’kidlab o‘tish lozimki, mazkur hujjatning qabul qilinganiga 18 yildan oshdi. Texnika taraqqiyoti tufayli bundan 15-20 yillar avval ayollar ishlatishi qiyin bo‘lgan ayrim texnik uskunalar hozirda ayollar ham bemalol ishlata oladigan darajaga yetdi", - deyiladi xabarda.

    Masalan, mazkur hujjatga ko‘ra ayollarning yo‘lovchilar soni 14 ta dan ko‘p sig‘imli avtobuslarning haydovchisi bo‘lib ishlashi taqiqlanadi. Vazirlik ushbu transport vositasini boshqarish uchun juda katta jismoniy kuch talab qilinmasligini qo‘shimcha qligan.

    Shu sababli ham ayollar huquqlarini cheklanishini oldini olish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan mazkur hujjat manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda qayta ko‘rib chiqilmoqda.

    » » O‘zbekiston ayollari ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilmoqda