Toshkent shahar Planetariysida «Ulug‘bek yulduzlari» eksponati ochildi

  • 6-11-2018, 12:54
  • 243
  • Jamiyat
  • Toshkent shahar Planetariysida «Ulug‘bek yulduzlari» eksponati ochildi
    Toshkent shahrida joylashgan Planetariyda «Ulug‘bek yulduzlari» eksponati ochildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.

    Unda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyati, astronomiyaga oid kashfiyotlari, ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi, shogirdlari davrasida o‘tkazgan baxtli onlari tasvirlangan.

    Eksponatning ochilishi hamda Toshkent shahar Planetariysi tashkil etilganining o‘n besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda xorijlik mehmonlar, O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, yoshlar qatnashdi.

    Tadbirda mamlakatda buyuk ajdodlar yodini tiklash, ular yaratgan asarlarni chuqur o‘rganishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

    » » Toshkent shahar Planetariysida «Ulug‘bek yulduzlari» eksponati ochildi