18:00 / 06.11.2018
2 246

Qaysi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish mumkin? (ro‘yxat)

Qaysi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish mumkin? (ro‘yxat)
Davlat xizmatlari agentligi mutaxassislari doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar va ishonch telefonlari orqali yo‘llangan murojaatlarni tahlil qilib borishadi.

Tahlillarga ko‘ra, aholi va tadbirkorlar o‘rtasida masofadan turib foydalanish mumkin bo‘lgan xizmatlarga qiziqish katta.
Xo‘sh, bugun qaysi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish mumkin. Mana, ularning batafsil ro‘yxati:

Arxitektura va qurilish

- Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish
- Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish
- Ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish
- Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish
- Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish
- Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi (rekonstruksiya) loyiha hujjatlarini kelishish
- Qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) ob’ektni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ob’ekti bo‘lmagan ob’ektni ishlatish uchun)
- Qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) ob’ektni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ob’ekti uchun)
- Loyiha hujjatlarini kelishish
- Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
- Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
- O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish.

FHDYo va notariat

- Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun to‘lanadigan nafaqa pulini olish
- Fuqarolarga farzand tug‘ilganda to‘lanadigan bir marotabalik nafaqa pulini olish
- Jismoniy shaxslarni ro‘yxatga qo‘yish va ma’lumotlarini o‘zgartirish.

Ijtimoiy xizmatlar

- Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishga ariza berish
- Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish
- Pensiya yoki nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish
- Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun ariza berish
- O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnoma berish
- Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun qayta ariza berish
- Pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish

Ekologiya va qishloq xo‘jaligi

- O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish
- Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga yangi ruxsatnoma olish
- Yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma olish
- O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simlik dunyosi ob’ektlarini tabiat bag‘ridan olish (tayyorlash) va yig‘ib olishga ruxsat olish
- O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan, davlat o‘rmon fondi yerlaridv o‘sgan o‘simlik dunyosi ob’ektlarini tabiat bag‘ridan olish (tayyorlash) va yig‘ib olishga ruxsat olish
- Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olish (tabiiy suv ob’ektlardan)
- Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olish
- Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olish (yer osti suv ob’ektlaridan).

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari

- Quvvati 20 KVt gacha bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart berish
- Quvvati 20 KVt dan yuqori bo‘lgan elektr elektr energiyasi iste’molchilari uchun elektr ta’minoti loyihasini kelishish
- Quvvati 20 KVtdan yuqori bo‘lgan elektr energiyasi iste’molchilari uchun elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsat olish
- Elektr energiyasini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish
- Quvvati 20 KVt dan yuqori elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart berish
- Bosimi 1,2 MPA gacha bo‘lgan gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olish
- Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish
- Gaz ta’minoti loyihasini hududiy gaz ta’minoti korxonasi bilan kelishish
- Suv ta’minoti tarmoqlariga ulanish va suvni chiqarib tashlash uchun texnik shart olish
- Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish
- Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish uchun so‘rovnoma.

Tadbirkorlik

- O‘z tarmog‘ini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya olish
- Voyaga yetmaganlar uchun dori vositalarini reklama qilish uchun ruxsatnoma olish
- Tibbiy faoliyatni litsenziyalash
- Farmatsevtika faoliyatni litsenziyalash
- Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash
- Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun litsenziya
- Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash
- Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish
- Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini yangilash
- Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini ixtiyoriy tugatish
- Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini olib borish uchun qayta litsenziya olish
- Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash
- Avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida nodavlat ta’lim faoliyatini litsenziyalash
- Ipoteka hamda binolar va inshootlarga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
- Korxonani xorijiy mahsulotni tashish uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashni ta’minlaydigan korxonalar katalogiga kiritish uchun ariza berish
- Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish (davolash-profilaktika yo‘nalishlari bo‘yicha)
- Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish (laboratoriya-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha)
- Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish.

Huquqiy xizmatlar

- Jismoniy shaxslarning STIR raqamini aniqlash
- Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliq va boshqa qarzi yo‘qligi (borligi) haqida ma’lumotnoma olish
- Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish
- Sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqida ma’lumotnoma olish.

Kadastr

- Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tegishli guvohnoma berish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaysi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish mumkin? (ro‘yxat)