20:55 / 06.11.2018
2 664

Yolg‘onni aniqlovchi sun’iy tafakkur ixtiro qilindi

Yolg‘onni aniqlovchi sun’iy tafakkur ixtiro qilindi
Yevropa Ittifoqi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida chegara soqchilariga Yolg‘onni aniqlovchi sun’iy tafakkur (YoAST) yordamida sayohatchilarning jomadonida nima borligi haqida so‘roq qilinishini taklif qildi.

Bu tizim Vengriya milliy politsiyasi tomonidan Vengriya, Latviya va Gretsiyadagi to‘rtta chegara punktida 6 oylik sinovdan o‘tkazilgan. Tizimning dastlabki ko‘rinishi soxta chegara punktida 30 nafar ko‘ngilli yordamida amalga oshirilgan.

Ularning yarmi chegaraga yolg‘on gapirishi, qolgan yarmi esa to‘g‘risini aytishi lozim edi. Ushbu sinovda YoAST aniqlik darajasi 76 foiz to‘g‘ri bo‘ldi.

Sinovda har bir o‘tish joyi Yevropa Ittifoqi tashqarisidagi ba’zi davlatlar bilan chegaralangan edi. Agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, texnologiya Ittifoqning a’zo davlatlari bo‘ylab barcha chegaralarga joylashtirilishi mumkin.

iBorderCtrl Gretsiya, Latviya va Vengriyadagi to‘rtta to‘xtash joyida sayohat haqidagi savollarga javob berilgunicha YoAST yordamida yuz qiyofasini eslab qolish orqali tekshiruvdan o‘tkazadi. iBorderCtrl tizimi inson organizmidan tashqari barcha ma’lumotlarni jamlay oladi.

Chegara qo‘riqchisi odamlarga nazorat punktidan o‘tganidan so‘ng savollar bilan murojaat qiladi. U javob berayotganda yuz qiyofasini yozib qolishda kompyuter yoki telefondan foydalanadi. Keyinchalik esa, sayohatchilarning yolg‘on gapirayotganini aniqlashda 38 ta mikroharakatdan iborat tasvirni olish uchun YaST dasturi ishga tushiriladi.

“New Scientist”ning xabar berishicha, ular “Jomadoningizda nimalar bor?” degan savol bilan murojaat qiladi va “Agar siz jomadoningizni ochsangiz va biz uning ichida nimalar bor ekanligini ko‘rsak, bergan javoblaringiz to‘g‘ri ekanligiga ishonamiz” deya tekshiruvdan o‘tkazadi.

Chegarani kesib o‘tishda tekshiruvdan o‘ta olganlar QR-kodni qo‘lga kiritadi. Agar sayyohlar sinovdan o‘ta olmasa, YoASTga ko‘ra holat yanada jiddiy tus oladi va keyinchalik so‘roq qilish uchun jinoyatchini chegara vakiliga topshiradi. Sayohatchilar to‘rt sinovdan o‘tgandan keyin sud jarayonida ishtirok etishga taklif qilinadi.

Mutaxassislarning fikricha, YoASTning haqiqiy dunyodagi aniqlik darajasi past bo‘lishi mumkin, ammo yolg‘on gapirgan odamlarning yuzi haqiqatni aytib turadi.

“Agar odamlardan yolg‘on gapirishni so‘rasangiz, ular yolg‘on gapirish o‘rniga turli xil ko‘rinishdagi xatti-harakatlarni taklif qilishadi, chunki ular qamoqqa tushishlari yoki qo‘lga olinsalar jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilib olishgan”, deydi London Imperial kolleji professori Maja Pantic.

Har yili 700 milliondan ortiq kishi Yevropa Ittifoqi orqali sayohat qiladi. Yevropa komissiyasining aytishiga qaraganda, chegarada yolg‘on gapirishga qodir bo‘lgan sayohatchilarning soni ularni xavotirga solmoqda.

Manchester Metropolitan universiteti tadqiqotchisi iBorderCtrl guruhidan Kelli Krokettning aytishicha, ular aniqlik darajasi 85 foizgacha ko‘tarilishidan umidvor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yolg‘onni aniqlovchi sun’iy tafakkur ixtiro qilindi