08:30 / 07.11.2018
3 833

Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Orif Bo‘tayev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» nashri xabar bermoqda.

U bu lavozimda oktyabr oyi boshida Qahramon Aripov o‘rniga Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tib ketgan Sherzod Xadjizadayev o‘rnini egalladi.

Orif Bo‘tayev bungacha Markaziy bankning Kredit axborotlarining davlat reyestrini yuritish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank raisining 6 nafar o‘rinbosari bor, bular Orif Bo‘tayevdan tashqari, birinchi o‘rinbosar Timur Ishmetov, shuningdek Ilhom Norqulov, Shuhrat Otaboyev, Botir Zohidov va Adham Rustamovich Islomov hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi