02:46 / 08.11.2018
3 082

Soxta pulni aslidan qanday ajratishni bilasizmi?

Soxta pulni aslidan qanday ajratishni bilasizmi?
Puldagi suv belgisi, qiyalik burchagiga qarab harakatlanadigan himoya ipi, tasvirlarning bo‘rtib turishi va arkaning tagida oq rangli bo‘yoqda bosilgan O‘zbekiston Respublikasining xaritasi orqali tezda aniqlab olish mumkin. Markaziy banki departamenti direktori Fazliddin Bozorov soxta pulni haqiqiysidan qanday ajratib olish haqida ma’lum qildi.

Banknotning pastki qismidagi naqshda yashirin tasvir mavjud bo‘lib, bu lotin yozuvidagi UZ so‘zidan iborat. Bu ham ma’lum qiyalik burchagida bemalol ko‘rinadi. Kompyuter va printer vositasi orqali ushbu elementlarni ko‘rsatish imkoniyati mavjud emas.

Jinoyat kodeksining 176-moddasiga ko‘ra, o‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash yoki ularni o‘tkazish ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soxta pulni aslidan qanday ajratishni bilasizmi?