11:38 / 09.11.2018
6 589

Erining 4-xotinini va uning 2 yosh bolasini yoqib yuborgan kundosh jinoyati (video)

Erining 4-xotinini va uning 2 yosh bolasini yoqib yuborgan kundosh jinoyati (video)
2017 yilning 30 avgust kuni kech taxminan soat 23.00 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman qurilish bozorida yong‘in kelib chiqqani haqida IIBga xabar kelib tushgan.

Izlanishlar natijasida bozor idorasi ichida ko‘yib ketgan jasadlar topiladi va yong‘in qasddan sodir etilgani aniqlanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Nazira erining haj safariga ketganidan foydalanib, jinoiy reja tuzadi.

Ayol o‘g‘li bilan jinoiy til biriktirib, erining sha’riy nikoh bilan yashab kelayotgan xotinini qasddan o‘ldirish maqsadida kundoshining yashab turgan joyiga temir, arqon va 18 litr benzin bilan boradi.

Uyda uxlab yotgan kundoshini temir bilan uradi va xushsiz holatga keltiradi. Keyin esa o‘zi bilan olib kelgan benzinni ularning ustiga sepib, o‘t qo‘yadi. Natijada kundoshi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi kuyish tan jarohatini olib, voqea joyida vafot etadi.

Alanga ichida qolgan Nazirani o‘g‘li yong‘indan chiqarib oladi. Ona-bola yo‘lovchi mashinada shifoxonaga boradi. Achinarlisi, u ham kuyish jarohati natijasida vafot etadi.

Jinoyat tafsilotlarini "Bir jinoyat izidan" ko‘rsatuvining lavhasida batafsil ko‘ring: VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erining 4-xotinini va uning 2 yosh bolasini yoqib yuborgan kundosh jinoyati (video)