07:02 / 11.11.2018
2 717

Aybdor kim?

Aybdor kim?
Kunlarning birida aybsiz bo‘lgan fuqaro qandaydir maqsadga ko‘ra qo‘lga olinib, kengligi atiga uch metrdan iborat xonaga qamab qo‘yildi. U esa, "Men aybsizman..! Menga tuxmat bo‘ldi... qo‘yib yuboring meni..!" deya ovozini boricha baqira boshladi.

Jazo sifatida kengligi ikki metr keladigan torroq xonaga qamab qo‘ydilar. U yanada baland ovoz bilan ozod etilishni talab qilar edi. Buni ko‘rgan soqchilar bir metrlik keladigan xonaga ko‘chirib qo‘ydilar. U endi yig‘lay boshladi. "Ortiq toqat qilolmayman, na oyoq uzatib bo‘ladi va na tik turib bo‘ladi?! Yolvoraman ozod qiling meni!" deya dod soldi. Jig‘ibiyron bo‘lgan soqchilar (kechirasizlar-u) yoniga bir cho‘chqani ham kiritib qo‘ydi.

Mahbus tasavvur qilib bo‘lmas qiyin holga keldi. Goh dod solar, goh jonivorning yoqimsiz hididan o‘zini yo‘qotar, goh ko‘z yosh to‘kar, goh o‘zidan ketar, goh yalinib-yolvorar. Toza adabini yeb bo‘lganidan keyin o‘lar xolatida birinchi qamalgan xonasiga ko‘chirib chiqishdi. Ozgina taom yedirib, "Ahvoling qanday endi ?" deb so‘rashgan edi, endi ancha yaxshi ekanligi, bu yaxshiliklarini aslo unutmasligini ta’kidlab, soqchilarga rahmatlar aytdi.

Lekin u mahkumligicha qoldi...

Qo‘rquv Allohdangina bo‘lsa yarashadi!
Ma’mur Muxtor

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aybdor kim?